BOSHLANG‘ICH TAYYORGARLIK BOSQICHIDAGI 9-10 YOSHLI BADMINTONCHILAR CHAQQONLIGINI RIVOJLANTIRISHNING YILLIK TAYYORGARLIK MODELI VA KOORDINATSION MASHQLAR KOMPLEKSI




BOSHLANG‘ICH TAYYORGARLIK BOSQICHIDAGI 9-10 YOSHLI BADMINTONCHILAR CHAQQONLIGINI RIVOJLANTIRISHNING YILLIK TAYYORGARLIK MODELI VA KOORDINATSION MASHQLAR KOMPLEKSI


Mualliflar:
Axmedov Baxtijan Asilbekovich


Annotatsiya Maqolada boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi 9-10 yoshli badmintonchilarning chaqqonlik qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan yillik tayyorgarlik modeli va o‘yin faoliyatiga mos koordinatsion harakatlarni rivojlantiruvchi maxsus mashqlar kompleksi yoritilgan. Model besh blokdan (yosh va individual rivojlanish xususiyatlari, harakat koordinatsiyasi yo‘nalishlari, o‘yin faoliyatini mashg‘ulot makrosikliga yo‘naltirish, yuklamani taqsimlash, amalga oshirish natijalari) va o‘nta tarkibiy qismdan iborat bo‘lib, 312 soatlik yillik yuklamani maqsadli taqsimlashni nazarda tutadi. Mashqlar kompleksi tezkor yo‘nalish almashish, muvozanatni saqlash, harakat aniqligi, reaksiya tezligi, tana qismlarini muvofiqlashtirish va o‘yin faoliyatiga moslashtirish yo‘nalishlarini qamrab oladi hamda yurak urish chastotasi bo‘yicha me’yorlashtirilgan. Tajriba boshida 56 nafar badmintonchining funksional holati baholanib, tajriba va nazorat guruhlarining bir xilligi asoslangan (P>0,05). Kalit so'zlar: badminton, chaqqonlik, 9-10 yoshli bolalar, boshlang‘ich tayyorgarlik, mashg‘ulot modeli, koordinatsion mashqlar, yuklama, funksional holat