TALABALARDA VATANPARVARLIKNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK MODELI
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada talabalarda vatanparvarlikni rivojlantirishning pedagogik modeli, uning nazariy-metodologik asoslari hamda ta’lim-tarbiya jarayonidagi amaliy ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda talaba-yoshlarda Vatanga sadoqat, milliy g‘urur, fuqarolik mas’uliyati va ijtimoiy faollikni shakllantirishga xizmat qiluvchi pedagogik shart-sharoitlar, mazmun, metod va vositalar tahlil qilingan. Shuningdek, milliy qadriyatlar, tarixiy-ma’naviy meros, artpedagogik yondashuvlar hamda innovatsion ta’lim texnologiyalarining vatanparvarlik tarbiyasidagi o‘rni ochib berilgan. Maqolada talabalarning ma’naviy-axloqiy barkamolligini ta’minlash, ularda faol fuqarolik pozitsiyasini qaror toptirish va jamiyat taraqqiyotiga daxldorlik hissini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik modelning tarkibiy qismlari hamda samaradorlik mezonlari asoslab berilgan. Tadqiqot natijalarda oliy ta’lim muassasalarida vatanparvarlik tarbiyasini takomillashtirish va yoshlarni milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etishi bayon etilgan Kalit so'zlar: vatanparvarlik, pedagogik model, talaba-yoshlar, fuqarolik mas’uliyati, milliy qadriyatlar, milliy g‘urur, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya, ijtimoiy faollik, artpedagogika, innovatsion ta’lim texnologiyalari, tarixiy ong, Vatanga sadoqat, ma’naviy barkamollik, faol fuqarolik pozitsiyasi, milliy o‘zlikni anglash.
