YUQORI SINF O’QUVCHILARINING KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOGIK HAMKORLIKNING ILMIY-NAZARIY VA KONSEPTUAL ASOSLARI




YUQORI SINF O’QUVCHILARINING KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOGIK HAMKORLIKNING ILMIY-NAZARIY VA KONSEPTUAL ASOSLARI


Mualliflar:
Zokirjonova Munavvara Zohidjon qizi


Annotatsiya Mazkur maqolada yuqori sinf o’quvchilarining kommunikativ kompetentligini rivojlantirishda pedagogik hamkorlikning nazariy-metodologik asoslari hamda uning ta’lim jarayonidagi imkoniyatlari tahlil qilinadi. Kommunikativ kompetentlikning shakllanishi o’quvchining nafaqat til va nutqqa oid bilimlarni egallashi, balki ijtimoiy munosabatlarga kirishishi, o’z fikrini mustaqil ifodalashi hamda boshqalar bilan samarali hamkorlik qilishi bilan bog’liq jarayon sifatida tahlil qilinadi. Maqolada pedagogik hamkorlik ijtimoiy o’zaro ta’sir va hamkorlikda o’qitish nazariyalariga oid ilmiy qarashlar qiyosiy o’rganiladi. Alohida e’tibor hamkorlik jarayonida o’quvchining muloqot subyekti sifatidagi faolligi, mustaqil fikrlashi va o’zaro mas’uliyatni his etish xususiyatlariga qaratiladi. Mavjud ilmiy yondashuvlarni umumlashtirish orqali yuqori sinflarda kommunikativ rivojlanishni qo’llab-quvvatlovchi pedagogik omillarning o’zaro aloqadorligi aniqlashtiriladi. Tahlil natijasida pedagogik hamkorlikning yuqori sinf o’quvchilarida kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim pedagogik omil ekanligi asoslanadi. Kalit so'zlar: Pedagogik hamkorlik, kommunikativ kompetentlik, yuqori sinf o’quvchilari, tengdoshlararo muloqot, o’zaro fikr almashish, jamoaviy faoliyat, pedagogik mexanizmlar, individual masuliyat.