NIKEL BILAN MODIFIKATSIYALANGAN G‘OVAKLI KREMNIYNING STRUKTURAVIY, OPTIK VA ELEKTR XOSSALARI.TADQIQOTLAR TAHLILI
Mualliflar:
Annotatsiya Ushbu sharh maqolasida nikel bilan modifikatsiyalangan g‘ovakli kremniyning strukturaviy, optik va elektr xususiyatlariga oid ilmiy tadqiqotlar tahlil qilinadi. G‘ovakli kremniyni olish usullari, xususan, elektrokimyoviy usul hamda unga nikel kiritish jarayonlarining material fizik xususiyatlariga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Mavjud ilmiy manbalarda keltirilgan tajriba natijalari o‘zaro taqqoslanib, nikelning kristall tuzilish, sirt morfologiyasi, optik yutilish va elektr o‘tkazuvchanlikka ta’siri umumlashtiriladi. Sharhning maqsadi ushbu yo‘nalishda erishilgan ilmiy natijalarni tizimlashtirish, mavjud muammolarni aniqlash va kelgusidagi tadqiqotlar uchun istiqbolli yo‘nalishlarni belgilashdan iborat. Natijada nikel bilan modifikatsiyalangan g‘ovakli kremniyning fizik xususiyatlarini boshqarish imkoniyatlari haqida ilmiy xulosalar shakllantirilishi hamda yangi funksional yarimo‘tkazgich materiallarni yaratish uchun nazariy va amaliy asoslar ishlab chiqilishi kutiladi. Kalit so'zlar: g‘ovakli kremniy, nikel, modifikatsiyalash, legirlash, elektrokimyoviy usul, strukturaviy xususiyatlar, optik xossalar, elektr o‘tkazuvchanlik
