OTA-ONA VA USTOZ HAMKORLIGI: BOLA KELAJAGI POYDEVORI




OTA-ONA VA USTOZ HAMKORLIGI: BOLA KELAJAGI POYDEVORI


Mualliflar:
Baxramova Sevinchoy Alisher qizi


Annotatsiya Maqolaning maqsadi boshlang‘ich ta’limda ota-ona va o‘qituvchi hamkorligini amalga oshirishdagi muammolarni, ularning kelib chiqish sabablari hamda oqibatlarini aniqlash va hamkorlikni kuchaytirish yo‘llarini ko‘rsatishdan iborat. Tadqiqotda ota-onalar bilan suhbat, pedagogik adabiyotlar hamda ta’lim va oilaga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarni tahlil qilish usullaridan foydalanildi. Olingan ma’lumotlar tahlil qilinib, muammolarning mazmuni, sabablari va oqibatlari aniqlandi. Maqolada yurtimizda ta’lim va ota-onalarning majburiyatlariga oid qabul qilingan qonun va farmonlar ham ko‘rib chiqildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, hamkorlikka ota-onalarning ish bilan bandligi, ba’zi oilalardagi muammolar, ota-onalarda pedagogik bilimning yetishmasligi, o‘qituvchi bilan muntazam aloqaning yo‘qligi hamda tushunmagan mavzuni so‘rashga uyalish to‘sqinlik qiladi. Bu holat o‘quvchining uyda bilimlarni mustahkamlay olmasligiga, darsdan orqada qolishiga va o‘quv motivatsiyasi pasayishiga olib keladi. Muammo, sabab va yechimlarni o‘zaro bog‘lovchi jadval taklif etildi. Xulosa sifatida ota-onalar majlisida doimiy qatnashish, o‘qituvchi bilan muntazam aloqada bo‘lish, individual suhbat va ota-onalarga amaliy maslahat berish orqali hamkorlikni kuchaytirish zarurligi asoslandi. Tadqiqot natijalari boshlang‘ich ta’limda ota-onalar bilan ishlash tizimini takomillashtirishda qo‘llanilishi mumkin. Maqola boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va ota-onalar uchun foydali bo‘lishi mumkin. Kalit so'zlar: boshlang‘ich ta’lim, ota-ona, ustoz, hamkorlik, uy vazifasi, o‘quv motivatsiyasi, ta’lim-tarbiya