ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI FANINI O‘QITISHDA TAFAKKURNI RIVOJLANTIRUVCHI INTERFAOL METODLAR VA O‘YIN TEXNOLOGIYALARINING ILMIY-METODIK ASOSLARI
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada ona tili va o‘qish savodxonligi fanini o‘qitish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiluvchi interfaol metodlar va o‘yin texnologiyalarining ilmiy-metodik asoslari tahlil qilingan. Interfaol ta’limning o‘quvchi faolligini oshirish, mustaqil fikrlash, tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirish, muammoli vaziyatlarni hal etish va ijodiy yondashuv ko‘nikmalarini shakllantirishdagi imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, ona tili va o‘qish savodxonligi mashg‘ulotlarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tafakkur rivojlantiruvchi metodlar va didaktik o‘yinlarning mazmuni, ularni tashkil etish bosqichlari hamda samaradorligini baholash mezonlari asoslangan. Tadqiqot natijasida interfaol metodlar va o‘yin texnologiyalarini o‘zaro uyg‘unlashtirishga asoslangan metodik yondashuv taklif etilgan. Kalit so'zlar: ona tili, o‘qish savodxonligi, boshlang‘ich ta’lim, tafakkur, interfaol metodlar, o‘yin texnologiyalari, didaktik o‘yin, tanqidiy fikrlash, ijodiy tafakkur, muammoli ta’lim.
