BOŞLANĞIÇ SINF ÖQUVÇILARIDA ÖQIŞ VA MATNNI TUŞUNIŞ KÖNIKMALARINI RIVOJLANTIRIŞ MEXANIZMI
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada boşlanğiç sinf öquvçilarida öqiş va matnni tuşuniş könikmalarini rivojlantirişning pedagogik-psixologik asoslari hamda metodik mexanizmlari yoritiladi. Öqiş savodxonligi faqat harflarni taniş yoki matnni ravon ovoz çiqarib öqiş bilan çeklanmasligi, balki öqilgan axborotni anglaş, muhim ma’lumotni ajratiş, xulosa çiqariş, mazmunni şaxsiy tajriba bilan boğlaş va matnga munosabat bildirişni ham qamrab olişi asoslanadi. Maqolada öqişdan oldingi, öqiş jarayonidagi va öqişdan keyingi faoliyatni izçil taşkil etiş, luğat ustida işlaş, savol tuziş, taxmin qiliş, qayta hikoyalaş, grafik organayzerlardan foydalaniş hamda formativ baholaş usullari taklif etiladi. Şuningdek, PIRLS xalqaro baholaş dasturida belgilangan matnni tuşuniş jarayonlari bilan boşlanğiç ta’lim amaliyoti örtasidagi boğliqlik körsatib beriladi. Taklif etilgan mexanizm öquvçilarning mustaqil fikrlaşi, oğzaki va yozma nutqi, axborot bilan işlaş hamda öqişga bölgan qiziqişini rivojlantirişga xizmat qiladi. Kalit so'zlar: boşlanğiç ta’lim, öqiş savodxonligi, matnni tuşuniş, ongli öqiş, öqiş strategiyalari, luğat ustida işlaş, PIRLS, formativ baholaş, mustaqil fikrlaş.
