BO‘LAJAK JURNALIST TALABALARNI FANLARARO BOG‘LIQLIKDA KASBGA YO‘NALTIRILGAN INGLIZ TILIGA O‘QITISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
Mualliflar:
Annotatsiya Bugungi kunda jurnalistika ta’lim yo‘nalishi talabalarining kasbiy tayyorgarligida chet tili, xususan, ingliz tilini egallash darajasi alohida o‘rin tutadi. Biroq an’anaviy umumiy ingliz tili (General English) o‘qitish metodikasi bo‘lajak jurnalistlarning sohaga oid maxsus kompetensiyalarini (faktcheking, intervyu olish, media-matn yaratish, xalqaro axborot agentliklari materiallari bilan ishlash) shakllantirishda yetarli samaradorlikni ko‘rsatmayapti. Ushbu maqolada kasbga yo‘naltirilgan ingliz tili (ESP — English for Specific Purposes) va Fan va tilni integratsiyalashgan holda o‘qitish (CLIL — Content and Language Integrated Learning) yondashuvlari jurnalistika ta’limida fanlararo bog‘liqlikni ta’minlashning nazariy va amaliy asoslari tahlil qilinadi. Kalit so'zlar: ESP, fanlararo bog‘liqlik, CLIL, kasbiy kompetensiya, chet tili, jurnalistika talabalari.
