TASVIRIY SAN’ATNI O‘RGANISHDA QADIMGI ME’MORCHILIK SAN’ATI
Mualliflar:
Annotatsiya Maqolada qadimgi me’morchilik san’atining tasviriy san’atni o‘rganishdagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Qadimgi Sharq, Antik dunyo hamda O‘rta Osiyo me’morchiligi namunalari tasviriy san’atning kompozitsiya, mutanosiblik, ritm, simmetriya va bezak kabi asosiy tushunchalarini o‘rganishda manba sifatida ko‘rib chiqilgan. Ayniqsa Samarqand, Buxoro va Xiva me’moriy yodgorliklarining badiiy xususiyatlari, ulardagi naqsh, koshinkorlik va epigrafik bezaklar alohida tahlil qilingan. Me’moriy obidalarni o‘rganish o‘quvchilarning fazoviy tasavvurini, badiiy didini, tarixiy-madaniy merosga hurmatini va milliy g‘ururini shakllantirishga xizmat qilishi asoslangan. Tasviriy san’at mashg‘ulotlarida me’morchilik namunalaridan foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalar berilgan. Kalit so'zlar: tasviriy san’at, qadimgi me’morchilik, me’moriy yodgorlik, kompozitsiya, mutanosiblik, naqsh, koshinkorlik, madaniy meros, estetik tarbiya, milliy me’morchilik.
