MAKTAB GEOGRAFIYA KURSIDA O‘ZBEKISTON SANOAT TARMOQLARINI KLASTERLI YONDASHUV ASOSIDA O‘RGANISH MASALALARI
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada maktab geografiya kursida O‘zbekiston sanoat tarmoqlarini klasterli yondashuv asosida o‘rganishning didaktik imkoniyatlari, metodik xususiyatlari va ta’limiy ahamiyati yoritilgan. Sanoat klasterlarini o‘rganish orqali o‘quvchilarda iqtisodiy-geografik fikirlash, hududiy tahlil, tizim-tarkib asosida fikrlash va amaliy kompetensiyalarni rivojlantitrish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, paxta-to‘qimachilik, avtomobilsozlik, neft-gaz va boshqa sanoat tarmoqlarini klasterli yondashuv asosida o‘quvchilarga yetkazish hamda interaktiv ishlanmalar taklif etilgan. Kalit so'zlar: geografiya ta’limi, sanoat tarmoqlari, sanoat klasteri, klasterli yondashuv, iqtisodiy geografiya, hududiy ixtisoslashuv, ishlab chiqarish, iqtisodiy-geografik tafakkur, kompetensiyaviy yondashuv.
