ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARI TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHNING DIDAKTIK ASOSLARI VA PEDAGOGIK IMKONIYATLARI




ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARI TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHNING DIDAKTIK ASOSLARI VA PEDAGOGIK IMKONIYATLARI


Mualliflar:
Ziyomiddinova Nilufar Avazbekovna


Annotatsiya Maqolada ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tafakkurini rivojlantirishning didaktik asoslari va pedagogik imkoniyatlari tahlil qilingan. Ona tili ta’limida til birliklarini anglash, ularning o‘zaro munosabatlarini aniqlash, so‘z va gaplar ustida ishlash orqali o‘quvchilarning tahliliy hamda mantiqiy fikrlashini rivojlantirish masalalari yoritilgan. O‘qish savodxonligi mashg‘ulotlarida esa matn mazmunini anglash, asosiy va ikkinchi darajali axborotni farqlash, sabab-oqibat munosabatlarini aniqlash, qahramonlar xatti-harakatini baholash va mustaqil xulosa chiqarish imkoniyatlari asoslangan. Shuningdek, tafakkur operatsiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan didaktik topshiriqlar tizimi, interfaol metodlar va pedagogik shart-sharoitlar taklif etilgan. Maqola nazariy-metodik tahlil asosida tayyorlangan bo‘lib, boshlang‘ich ta’lim amaliyotida qo‘llash uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit so'zlar: boshlang‘ich ta’lim, ona tili, o‘qish savodxonligi, tafakkur, mantiqiy fikrlash, mustaqil fikrlash, matn tahlili, til birliklari, didaktik topshiriq, muammoli ta’lim, tanqidiy fikrlash, nutqiy faoliyat.