LINGVISTIKA FANLARI NUQTAI NAZARIDAN TARJIMA XATOSI TUSHUNCHASI VA BU SOHADA MAVJUD TASNIFLAR TAHLILI
Mualliflar:
Annotatsiya Maqolada zamonaviy lingvistik va tarjimashunoslik tadqiqotlari nuqtai nazaridan tarjima xatosi tushunchasi ko‘rib chiqiladi. Tillararo o‘zgartirish jarayonida xatolarning kelib chiqishining asosiy sabablari, shuningdek ularning leksik, grammatik, sintaktik, stilistik va pragmatik darajalardagi namoyon bo‘lish xususiyatlari tahlil qilinadi. Mahalliy va xorijiy tarjimashunoslikda mavjud tarjima xatolari tasniflarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratiladi. Tarjima buzilishlarini tizimlashtirishning turli yondashuvlari taqqoslanib, ularning afzalliklari va cheklovlari aniqlanadi. O‘tkazilgan tahlil asosida matnning lingvistik tavsiflarini ham, uning ma’noviy va kommunikativ xususiyatlarini ham hisobga oladigan kompleks yondashuv zarurligi asoslab beriladi. Tarjima xatolarini o‘rganishning tarjima amaliyotini takomillashtirish va tillararo muloqot sifatini oshirishdagi ahamiyati haqida xulosa qilinadi. Kalit so'zlar: tarjima xatosi, tarjimashunoslik, lingvistik tahlil, xatolar tasnifi, ekvivalentlik, tarjima adekvatligi (muvofiqligi), til interferensiyasi, semantik xatolar, pragmatik xatolar, tarjima sifati.
