KVANT POTENSIAL TO‘SIQ MAVZUSINI INTERAKTIV GRAFIK VOSITALAR ASOSIDA O‘QITISH METODIKASI
Mualliflar:
Annotatsiya . Maqolada kvant mexanikasi kursining murakkab mavzularidan biri hisoblangan “Kvant potensial to‘siq” mavzusini o‘qitishda interaktiv grafik vositalardan foydalanish metodikasi taklif etilgan va uning didaktik imkoniyatlari yoritilgan. Muallif tomonidan zamonaviy dasturlash tili asosida yaratilgan interaktiv grafik modelning funksional imkoniyatlari hamda ta’limiy ahamiyati tavsiflangan. Mazkur model yordamida talabalarda to‘lqin funksiyasi va ehtimollik zichligining potensial to‘siq balandligi, kengligi hamda zarracha energiyasiga bog‘liq o‘zgarishlarini vizual tahlil qilish imkoniyati yaratiladi. Maqolada ishlab chiqilgan metodikani o‘quv jarayoniga integratsiyalash yo‘llari va undan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar bayon etilgan. Kalit so'zlar: kvant potensial to‘siq, tunnel effekti, to‘lqin funksiyasi, ehtimollik zichligi, interaktiv grafik model, kompyuterda modellashtirish, vizuallashtirish, o‘qitish metodikasi.
