DUAL TA’LIM JARAYONIDA FIZIKANI VIZUALLASHTIRIB O‘QITISHNING METODIK MODELI VA UNING TARKIBIY KOMPONENTLARI




DUAL TA’LIM JARAYONIDA FIZIKANI VIZUALLASHTIRIB O‘QITISHNING METODIK MODELI VA UNING TARKIBIY KOMPONENTLARI


Mualliflar:
Bobomurodova O’g’ilshod O’tam qizi , Alisher Tursunov Isoqovich


Annotatsiya Mazkur maqolada dual ta’lim jarayonida fizikani vizuallashtirib o‘qitishning metodik modeli, uning nazariy-metodologik asoslari hamda tarkibiy komponentlari ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil etilgan. Fizika fanini o‘qitishda ta’lim muassasasi va ishlab chiqarish korxonasi hamkorligini yo‘lga qo‘yish, nazariy bilimlarni amaliy faoliyat bilan integratsiyalash hamda fizik hodisa va qonuniyatlarni vizual vositalar orqali o‘zlashtirishning didaktik imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, metodik modelning maqsadli, mazmuniy, tashkiliy-jarayonli, texnologik, baholash va natijaviy komponentlari o‘zaro uzviy bog‘liqlikda tavsiflangan. Taklif etilayotgan model orqali o‘quvchilarda fizik bilimlarni amaliy vaziyatlarda qo‘llash, texnologik jarayonlarni tahlil qilish, mustaqil fikrlash va kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish imkoniyatlari asoslab berilgan. Kalit so'zlar: dual ta’lim, fizika ta’limi, vizuallashtirish, metodik model, didaktik shart-sharoitlar, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi, vizual vositalar, interaktiv texnologiyalar, amaliy mashg‘ulot, kasbiy kompetensiya.