GRAFIK VA LOYIHALASH FANLARINI O‘QITISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TALABALARNING KREATIV-KONSTRUKTIV LOYIHALASH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH




GRAFIK VA LOYIHALASH FANLARINI O‘QITISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TALABALARNING KREATIV-KONSTRUKTIV LOYIHALASH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH


Mualliflar:
A.K. Abdullayev


Annotatsiya Maqolada oliy ta’lim muassasalarida grafik va loyihalash fanlarini o‘qitishda raqamli texnologiyalardan foydalanish orqali talabalarning kreativ-konstruktiv loyihalash kompetensiyasini rivojlantirish masalasi yoritilgan. Tadqiqotning maqsadi grafik topshiriqlarni bajarish jarayonida kompyuterda loyihalash tizimlari, uch o‘lchamli modellashtirish va multimedia vositalaridan foydalanishning didaktik imkoniyatlarini aniqlash hamda ularni o‘quv jarayoniga tatbiq etish bo‘yicha metodik yondashuvlarni tizimlashtirishdan iborat. Tadqiqotda ilmiy-pedagogik adabiyotlarni tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirish, pedagogik kuzatish hamda an’anaviy va raqamli taqdimot usullarining didaktik imkoniyatlarini qiyosiy tahlil qilish metodlaridan foydalanildi. Tahlil natijasida AutoCAD, ArchiCAD, AutoCAD Mechanical va Autodesk Inventor kabi CAD vositalari chizma va loyihalarni vizual namoyish etish, obyektlarni turli rakurslarda ko‘rish, kesim va modellar bilan ishlash imkonini berishi asoslandi. Raqamli animatsiya va 3D modellashtirish murakkab grafik amallar ketma-ketligini tushuntirishni yengillashtirishi, o‘quv materialini takror ko‘rish hamda mustaqil ta’limda foydalanish imkonini kengaytirishi ko‘rsatildi. Xulosa sifatida raqamli vositalarni maqsadli tanlash, nazariy bilimlarni amaliy loyihalash topshiriqlari bilan uyg‘unlashtirish va talabaning mustaqil faoliyatini qo‘llab-quvvatlash zarurligi belgilandi. Kalit so'zlar: raqamli texnologiyalar, grafik ta’lim, loyihalash, kreativ kompetensiya, konstruktiv fikrlash, CAD tizimlari, AutoCAD, 3D modellashtirish, multimedia, fazoviy tasavvur.