GOMER DOSTONLARIDA MIF VA HAQIQAT
Mualliflar:
Annotatsiya Maqolada Gomerning «Iliada» va «Odisseya» dostonlarida mif va voqelikning o‘zaro nisbati tahlil qilinadi. I. M. Tronskiy, S. I. Radsig va A. F. Losev asarlari asosida gomer eposi na tarixiy hujjat, na sof afsonaviy to‘qima ekanligi ko‘rsatiladi: mifologik syujetga krit-miken davri xotiralari, so‘nggi urug‘chilik jamiyatining turmushi va ijtimoiy tuzumi hamda ioniyalik dengizchilarning tajribasi singdirilgan. Troya va miken madaniyati bo‘yicha arxeologik ma’lumotlar, «Odisseya»dagi folklor va mifologik qatlam, xudolar va taqdirning voqelikni tasvirlash vositasi sifatidagi o‘rni, arxaizatsiya va modernizatsiya usullari ko‘rib chiqiladi. Xulosa qilinadiki, dostonlarda mif va voqelik yagona badiiy tizimni tashkil etadi, bunda mifologik shakl real mazmunni ifodalashga xizmat qiladi. Kalit so'zlar: Gomer; «Iliada»; «Odisseya»; mif; voqelik; Troya; miken madaniyati; folklor; arxaizatsiya; epos
