ENIGMATIK MATNLAR ORQALI BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA IMPLITSIT MA’NONI ANGLASH KO‘NIKMASINI SHAKLLANTIRISH
Mualliflar:
Annotatsiya Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matnning implitsit, ya’ni bevosita aytilmagan ma’nosini anglash ko‘nikmasini enigmatik matnlar – topishmoq, metaforik topishmoq, sirli hikoya, masal va ochiq yakunli matnlar vositasida shakllantirish masalasi yoritilgan. Tadqiqotning maqsadi – enigmatik matnlarni yashirin axborot turi va xulosa chiqarish murakkabligiga ko‘ra tizimlashtirish hamda ular asosida implitsit ma’noni anglashni bosqichma-bosqich shakllantiruvchi metodikani asoslashdan iborat. Tadqiqotda ilmiy-metodik adabiyotlarni nazariy tahlil qilish, qiyosiy tahlil, xalqaro baholash dasturlari (PIRLS, PISA) talablarini kontent-tahlil qilish va pedagogik modellashtirish metodlaridan foydalanildi. Natijada enigmatik matnlarning beshta turi ular orqali chiqariladigan yashirin axborot, o‘quvchidan talab qilinadigan aqliy amal va PIRLS tushunish jarayonlari bilan bog‘langan holda tasniflandi; “belgi – taxmin – tekshirish – asoslash – yaratish” bosqichlaridan iborat metodika hamda ko‘nikmaning shakllanganlik darajasini baholash mezonlari ishlab chiqildi. Metodika o‘zbek xalq topishmoqlari va masallari asosida qurilgan bo‘lib, xorijiy tajribadan faqat uning tuzilmasi va baholash tartibi olingan. Xulosada enigmatik matnlarni faqat 1–2-sinflardagi qiziqarli material sifatida emas, balki 2–4-sinflar bo‘ylab murakkablashib boruvchi tizim sifatida qo‘llash implitsit ma’noni anglash ko‘nikmasini maqsadli rivojlantirish imkonini berishi asoslandi. Kalit so'zlar: enigmatik matn, implitsit ma’no, topishmoq, xulosa chiqarish, o‘qish savodxonligi, matnni tushunish, boshlang‘ich ta’lim, PIRLS, metafora, talqin qilish
