TALABALARNING KASBIY KOMPETENSIYALARINI BADIIY JAMOALAR ASOSIDA RIVOJLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH (CHOLGʻU IJROCHILIK MISOLIDA)




TALABALARNING KASBIY KOMPETENSIYALARINI BADIIY JAMOALAR ASOSIDA RIVOJLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH (CHOLGʻU IJROCHILIK MISOLIDA)


Mualliflar:
Sobirov Navro‘zbek Hakimjon o‘g‘li


Annotatsiya Maqolada oliy taʼlim muassasalarida cholgʻu ijrochiligi yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalarning kasbiy kompetensiyalarini badiiy jamoalar — ansambl va orkestr faoliyati asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Kompetensiyaviy yondashuvning mohiyati tahlil qilinib, cholgʻuchi-talabaning kasbiy kompetensiyalari tarkibi (motivatsion-qadriyatli, kognitiv, texnik-ijrochilik, ansambl-kommunikativ va refleksiv-ijodiy komponentlar) asoslab berilgan. Tadqiqotda badiiy jamoa sharoitida kompetensiyalarni bosqichma-bosqich rivojlantirishning strukturaviy- funksional modeli, pedagogik shart-sharoitlari hamda mezon-koʻrsatkichlari ishlab chiqilgan. Taklif etilayotgan metodikaning tajriba-sinov natijalari talabalarning kasbiy tayyorgarligi darajasini oshirishda samarali ekanligini koʻrsatadi. Kalit so'zlar: kasbiy kompetensiya, kompetensiyaviy yondashuv, badiiy jamoa, ansambl ijrochiligi, cholgʻu ijrochiligi, kollektiv musiqa ijodi, metodika, oliy musiqa taʼlimi