BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARIDA NUTQ KO`NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH




BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARIDA NUTQ KO`NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH


Mualliflar:
Eshmuradova Durdona O`ktamovna


Annotatsiya Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari, mazmuni va metodik asoslari yoritilgan. Shuningdek, o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini shakllantirish, so‘z boyligini oshirish, mustaqil fikrlash, o‘z fikrini izchil, mantiqiy va ravon bayon etish qobiliyatlarini rivojlantirishning samarali pedagogik usullari tahlil qilingan. Boshlang‘ich ta’lim jarayonida interfaol metodlar, didaktik mashqlar, ijodiy topshiriqlar hamda kommunikativ yondashuvdan foydalanishning ahamiyati asoslab berilgan. O‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda nutqiy faoliyatni tizimli tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit so'zlar: boshlang‘ich ta’lim, o‘quvchi, nutq, nutq ko‘nikmalari, og‘zaki nutq, yozma nutq, kommunikativ kompetensiya, so‘z boyligi, mustaqil fikrlash, interfaol metodlar, didaktik mashqlar, ijodiy topshiriqlar.