MAKTABDA PEDAGOGIK EKSPERIMENTNI SINFLAR KESIMIDA TASHKIL ETISH METODIKASI (FIZIKA FANIDA EKOLOGIK MASALALAR MISOLIDA)
Mualliflar:
Annotatsiya Maqolada umumiy oʻrta taʼlim maktablarida fizika fanidan pedagogik eksperimentni sinflar kesimida tashkil etish metodikasi bayon etilgan. Eksperiment 7–11-sinflarda parallel sinflarni juftlash tamoyili asosida aniqlovchi, shakllantiruvchi va yakuniy bosqichlarda oʻtkazilishi koʻrsatilgan. Har bir sinf uchun fizika boʻlimlari, ekologik mazmundagi mavzular, masala turlari va baholash mezonlari belgilangan hamda natijalarni matematik-statistik qayta ishlash tartibi keltirilgan. Taklif etilgan sxema ekologik mazmundagi masalalarning oʻquvchilar bilimi, koʻnikmasi va ekologik madaniyatiga taʼsirini sinflar boʻyicha qiyosiy oʻrganish imkonini beradi. Kalit so'zlar: pedagogik eksperiment, tajriba va nazorat sinflari, sinflar kesimi, fizika taʼlimi, ekologik masalalar, baholash mezonlari
