KAR VA ZAIF ESHITUVCHI O‘QUVCHILARDA RAQAMLI SAVODXONLIKNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI




KAR VA ZAIF ESHITUVCHI O‘QUVCHILARDA RAQAMLI SAVODXONLIKNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI


Mualliflar:
Tursunov Hojiakbar Hamidullo o‘g‘li


Annotatsiya Maqolada kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarda raqamli savodxonlikni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari ilmiy-nazariy jihatdan asoslanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlari, Yevropa raqamli kompetensiyalar doirasi (DigComp 2.2), o‘qitishning universal dizayni (UDL) va multimedia orqali o‘qitish nazariyasi tahlil qilinib, jarayonning yetti shart-sharoiti ishlab chiqildi: me’yoriy-metodik, ikki tilli (imo-ishora tili va yozma o‘zbek tili) muhit, texnik-dasturiy qulaylik, mazmun va metodika, pedagoglar tayyorgarligi, raqamli xavfsizlik va oila hamkorligi hamda diagnostika-monitoring. Maqolada DigComp yo‘nalishlarining kar o‘quvchilar uchun pedagogik moslashuvi taklif etilgan. Natijalar maxsus ta’lim muassasalarida raqamli ta’lim muhitini loyihalashda foydalanilishi mumkin. Kalit so'zlar: kar va zaif eshituvchi o‘quvchilar, raqamli savodxonlik, inklyuziv ta’lim, imo-ishora tili, pedagogik shart-sharoitlar, DigComp, o‘qitishning universal dizayni.