ONA TILI TA’LIMIDA O‘QUVCHILARDA METALINGVISTIK TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISHDA SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISH




ONA TILI TA’LIMIDA O‘QUVCHILARDA METALINGVISTIK TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISHDA SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISH


Mualliflar:
Mo‘minova Go‘zalxon G‘ulamjanovna


Annotatsiya Mazkur maqolada umumta’lim maktablarida ona tili ta’limi jarayonida o‘quvchilarning metalingvistik tushunchalarini, ya’ni til haqidagi tushunchalar, til birliklarini kuzatish, tahlil qilish va ular haqida mulohaza yuritish ko‘nikmalarini shakllantirishda sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish imkoniyatlari ilmiy-metodik jihatdan yoritiladi. Tadqiqotda metalingvistik rivojlanish nazariyalari, sun’iy intellekt asosidagi katta til modellari imkoniyatlari va O‘zbekiston ta’lim amaliyoti talablari qiyosiy tahlil qilinadi. Natijada metalingvistik tushunchalarni to‘rt bosqichda shakllantiruvchi “Kuzatish – Farqlash – Izohlash – Qo‘llash” modeli hamda sun’iy intellekt bilan ishlashning to‘rtta didaktik shakli savol-javob suhbatdosh, xato-detektiv, til laboratoriyasi, o‘zaro tekshiruv taklif etiladi. Maqolada eksperimental ish dizayni, baholash mezonlari va SI dan foydalanishdagi xavflar, ya’ni gallyutsinatsiya, o‘zbek tili resurslarining cheklanganligi, akademik halollik tahlil qilinadi. Kalit so'zlar: ona tili ta’limi, metalingvistik tushuncha, til haqida mulohaza, sun’iy intellekt, katta til modellari, prompt, differensial ta’lim, o‘quvchi avtonomiyasi.