RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA QAROR QABUL QILISH MUAMMOSINING PSIXOLOGIK MOHIYATI




RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA QAROR QABUL QILISH MUAMMOSINING PSIXOLOGIK MOHIYATI


Mualliflar:
Vaqqosova Noilaxon Qosimovna


Annotatsiya raqamli transformatsiya inson hayotining barcha jabhalariga kirib borar ekan, qaror qabul qilish jarayoni ham yangi psixologik mazmun kasb etmoqda. Bugungi kunda inson nafaqat o‘z tajribasi, bilim va dunyoqarashiga, balki raqamli axborot oqimi, algoritmik tavsiyalar va sun’ iy intellekt imkoniyatlariga ham tayanib qaror qabul qilmoqda. Bunday sharoitda axborotning haddan tashqari ko ‘pligi, tanlov imkoniyatlarining kengayishi, kognitiv yuklama, raqamli vositalarga ishonch hamda mustaqil fikrlash bilan bog‘liq psixologik omillar alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur tezisda raqamli transformatsiya sharoitida qaror qabul qilishning psixologik mohiyati, uning kognitiv va motivatsion mexanizmlari, shuningdek, inson va raqamli texnologiyalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning qaror sifatiga ta’ siri ilmiy-nazariy jihatdan yoritiladi. Kalit so'zlar: raqamli transformatsiya, qaror qabul qilish, psixologik mexanizmlar, kognitiv jarayonlar, axborot oqimi, sun’iy intellekt, mustaqil fikirlash, algoritmik tavsiyalar.