OLIY TAʼLIM MUASSASASIDA ICHKI SIFAT KAFOLATI TIZIMI TALABALAR OʻQUV FAOLIYATI SIFATINI TAʼMINLASH MEXANIZMI SIFATIDA: ESG 2015 VA OʻZBEKISTON MEʼYORIY BAZASINING QIYOSIY TAHLILI




OLIY TAʼLIM MUASSASASIDA ICHKI SIFAT KAFOLATI TIZIMI TALABALAR OʻQUV FAOLIYATI SIFATINI TAʼMINLASH MEXANIZMI SIFATIDA: ESG 2015 VA OʻZBEKISTON MEʼYORIY BAZASINING QIYOSIY TAHLILI


Mualliflar:
Ahmadjanov Dostonbek Shuxratjon oʻgʻli


Annotatsiya Maqolada ESG 2015 hujjati 1-qismining 10 ta standarti Oʻzbekistonning amaldagi meʼyoriy bazasi (OʻRQ-637, PF-5847, PF-76, PQ-275, 2026-yil 28-fevraldagi milliy reyting nizomi) bilan qiyosiy-meʼyoriy usulda solishtirildi. Muallif kodlashiga koʻra, 3 ta standart talaba oʻquv faoliyatiga aniq yoʻl bilan yetib boradigan meʼyoriy asosga ega, 5 tasi qisman, 2 tasi (1.3 va 1.6) zaif qamralgan. Milliy reytingda bevosita oʻquv jarayoniga daxldor akademik blok umumiy maksimal ballning 25–37,5% ini tashkil etadi. Talabalar soni 2021/22–2025/26 yillarda 808,4 mingdan 1535 mingga (+89,9%) oshgani sharoitida PDCA sikliga tayangan ichki mexanizm taklif etildi Kalit so'zlar: ichki sifat kafolati, ESG 2015, talabaning oʻquv faoliyati, PDCA sikli, milliy reyting, akkreditatsiya, talabalar ovozi, sifat ishi