«TA’LIM JARAYONIDA TALABALARNING O‘QUV-BILISH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING INNOVATSION-PEDAGOGIK ASOSLARI»




«TA’LIM JARAYONIDA TALABALARNING O‘QUV-BILISH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING INNOVATSION-PEDAGOGIK ASOSLARI»


Mualliflar:
Xudoyqulova Dilrabo Shodmonovna


Annotatsiya Maqolada ta’lim jarayonida talabalarning o‘quv-bilish kompetensiyasini rivojlantirishning innovatsion-pedagogik asoslari tahlil qilingan. O‘quv-bilish kompetensiyasining mazmun-mohiyati, uni shakllantirishda innovatsion pedagogik texnologiyalar, interaktiv metodlar, muammoli ta’lim, loyihaviy faoliyat va raqamli ta’lim resurslarining ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek, talabalarning mustaqil fikrlashi, axborotni izlash va tahlil qilish, bilimlarni tizimlashtirish hamda ularni amaliy faoliyatda qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirishga ta’sir etuvchi pedagogik va psixologik omillar yoritilgan. O‘quv-bilish kompetensiyasini rivojlantirishda innovatsion yondashuvlarning o‘zaro uyg‘unligi muhim pedagogik shart sifatida asoslangan. Kalit so'zlar: . O‘quv-bilish kompetensiyasi, innovatsion ta’lim, pedagogik texnologiya, mustaqil fikrlash, bilish faoliyati, muammoli ta’lim, interaktiv metodlar, loyihaviy faoliyat, raqamli ta’lim resurslari, refleksiya, ta’lim samaradorligi.