“YOSH KITOBXON” TO‘GARAGIDA XALQ ERTAKLARI ASOSIDA AXLOQIY TANLOVNI MUHOKAMA QILISH METODIKASI




“YOSH KITOBXON” TO‘GARAGIDA XALQ ERTAKLARI ASOSIDA AXLOQIY TANLOVNI MUHOKAMA QILISH METODIKASI


Mualliflar:
Turaxodjayeva Zulxumor Yusufjonovna


Annotatsiya Maqolaning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan “Yosh kitobxon” to‘garagida xalq ertaklari asosida axloqiy tanlovni muhokama qilish metodikasini ishlab chiqishdan iborat. Ishda bolalar adabiyotining tarbiyaviy imkoniyatlariga oid tadqiqotlar qiyosiy tahlil qilindi va axloqiy tarbiyaning integrativ modeli asosida to‘garak mashg‘uloti loyihalashtirildi. Modelning maqsadli, mazmuniy, tashxisiy va natijaviy-korreksion bloklari bitta mashg‘ulot doirasida o‘zaro bog‘landi. Metodik natija sifatida ertak lavhasini o‘qish, qahramonning xatti-harakati va kechinmasini izohlash, muqobil qarorlarni solishtirish, ularni rolli o‘yinda namoyish qilish hamda o‘quvchining o‘z tanlovi haqida fikr yuritishiga imkon beradigan to‘rt bosqichli mashg‘ulot tartibi taklif etildi. “Zumrad va Qimmat” ertagi asosida namunaviy ishlanma va unga mazmunan yaqin yangi hayotiy vaziyat berildi. O‘quvchining qarorini asoslashini, boshqa kishining holatini tushuntirishini va guruhdagi xatti-harakatini alohida qayd etish uchun uch mezonli kuzatuv jadvali tuzildi. Undagi reproduktiv, izlanishli va kreativ darajalar o‘quvchi qanday pedagogik ko‘makka ehtiyoj sezishini aniqlashtirishga xizmat qiladi. Taklif etilgan ishlanma boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va to‘garak rahbarlariga o‘qilgan matn yuzasidan savollar tuzish, bolalarning javoblarini tahlil qilish va keyingi mashg‘ulot topshirig‘ini tanlashda foydalanish uchun mo‘ljallangan. Kalit so'zlar: boshlang‘ich ta’lim, axloqiy tarbiya, axloqiy tanlov, sinfdan tashqari faoliyat, “Yosh kitobxon”, xalq ertagi, rolli o‘yin, pedagogik kuzatuv, refleksiya.