O’ZBEKISTON IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYASI DARSLARIDA HUDUDIY IQTISODIY RIVOJLANISH KOʻRSATKICHLARINI TAHLIL QILISH KOʻNIKMALARINI RIVOJLANTIRISH
Mualliflar:
Annotatsiya Maqolada oliy ta’lim muassasalarida O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi darslarida hududiy iqtisodiy rivojlanish koʻrsatkichlarini tahlil qilish koʻnikmalarini shakllantirishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Yalpi hududiy mahsulot, bandlik, investitsiya va kambagʻallik kabi koʻrsatkichlar bilan ishlash bosqichlari, amaliy mashgʻulotlar va baholash mezonlari tahlil qilingan. Natijalar statistik ma’lumotlar bilan ishlashga asoslangan faoliyat o’quvchilarning tahliliy fikrlashini rivojlantirishini koʻrsatadi. Kalit so'zlar: hududiy rivojlanish, iqtisodiy koʻrsatkichlar, tahliliy koʻnikma, O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi ta’limi, kartogramma, amaliy mashgʻulot.
