TA’LIM MODERNIZATSIYASINI BAHOLASHNING IJTIMOIY-SIFAT MEZONLARI: MIQDORIY KO‘RSATKICHLARDAN SIFAT KO‘RSATKICHLARIGA




TA’LIM MODERNIZATSIYASINI BAHOLASHNING IJTIMOIY-SIFAT MEZONLARI: MIQDORIY KO‘RSATKICHLARDAN SIFAT KO‘RSATKICHLARIGA


Mualliflar:
Jurayev Alisher Tulqinboyevich


Annotatsiya mazkur maqolada ta’lim modernizatsiyasini baholashning ijtimoiy-sifat mezonlari tizimi ijtimoiy-falsafiy tahlil asosida yoritilgan. Tadqiqotda dialektik, tizimli, aksiologik va institutsional tahlil metodlari, shuningdek me’yoriy-huquqiy hujjatlar va mustaqil empirik tadqiqot ma’lumotlarini tahlil qilishdan foydalanilgan. Sifat, ochiqlik va qamrov, adolat, samaradorlik, moslashuvchanlik hamda milliy o‘zlikdan iborat olti mezonning mazmuni, ularni ifodalashi mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichlar va har bir mezon bo‘yicha faqat miqdoriy o‘lchovlarga tayanishning cheklanganligi aniqlashtirilgan. Ijtimoiy adolatning kirish, sifat va natija o‘lchovlari, samaradorlikning mikro- va makrodarajalari, “adolatli samaradorlik” tamoyili hamda mezonlar o‘rtasidagi ziddiyatlar — samaradorlik va adolat, global standartlar va milliy o‘zlik, qamrov va sifat — alohida ko‘rib chiqilgan. Mezonlar tizimi O‘zbekistonda 2017-yildan buyon amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlariga tatbiq etilib, islohotlar qamrov va moslashuvchanlik bo‘yicha katta yutuqlarga erishgani, samaradorlik bo‘yicha qisman natija bergani, sifat, adolat va milliy o‘zlik bo‘yicha esa yangi vazifalarni kun tartibiga qo‘ygani ko‘rsatilgan, bu notekislikning asosiy sababi esa miqdoriy ko‘rsatkichlar ustuvorligi ekani asoslangan. Tahlil natijalari islohotlar monitoringini ijtimoiy-sifat ko‘rsatkichlari bilan to‘ldirish hamda nodavlat sektor va davlat-xususiy sheriklik loyihalarini ikki tomonlama baholash uchun metodologik asos yaratadi. Kalit so'zlar: ta’lim modernizatsiyasi, baholash mezonlari, ijtimoiy-sifat ko‘rsatkichlari, ta’lim sifati, ijtimoiy adolat, samaradorlik, adolatli samaradorlik, milliy o‘zlik, nodavlat sektor, davlat-xususiy sheriklik.