ESHITISHIDA NUQSONI BO‘LGAN O‘QUVCHILARNI KASBGA YO‘NALTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
Mualliflar:
Annotatsiya Maqolada eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish metodikasini takomillashtirish masalasi yoritilgan. Eshitish nuqsonining kasbiy o‘zini o‘zi belgilash jarayoniga ta’siri tahlil qilinib, an’anaviy kasbga yo‘naltirish ishidagi asosiy cheklovlar ko‘rsatilgan. Kasbiy ma’rifat, kasbiy diagnostika, kasbiy sinov, kasbiy maslahat va kasbiy moslashuvni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlarini birlashtiruvchi metodik tizim ishlab chiqilgan. Har bir yo‘nalish uchun eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchiga moslashtirilgan vosita va usullar belgilangan, kasbiy sinov mashg‘uloti namunasi keltirilgan. Metodikani maxsus va inklyuziv maktablar amaliyotiga joriy etish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Kalit so'zlar: eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar, kasbga yo‘naltirish, kasbiy o‘zini o‘zi belgilash, kasbiy diagnostika, kasbiy sinov, kasbiy maslahat, imo-ishora tili, inklyuziv ta’lim, ijtimoiy moslashuv.
