“NURLI MASKAN” MAKTAB-INTERNATLARIDA ASSISTIV VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING AMALDAGI HOLATI
Mualliflar:
Annotatsiya Maqolada “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi o‘quvchilar ta’limida assistiv va raqamli texnologiyalardan foydalanishning amaldagi holati normativ hujjatlar va ilmiy manbalar tahlili asosida o‘rganilgan. Holatni baholash uchun moddiy-texnik ta’minlanganlik, darsda qo‘llanish, pedagoglar tayyorgarligi va o‘quvchilarning texnologik mustaqilligi kabi to‘rt mezon hamda ularning uch darajali ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan. Har bir mezon bo‘yicha normativ talablar bilan amaliyotda kuzatiladigan tendensiyalar qiyoslanib, texnologiyalardan foydalanishdagi asosiy to‘siqlar guruhlarga ajratilgan va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rsatilgan. Kalit so'zlar: “Nurli maskan”, ko‘zi ojiz o‘quvchilar, zaif ko‘ruvchilar, assistiv texnologiyalar, raqamli texnologiyalar, amaldagi holat, baholash mezonlari, o‘qituvchilar tayyorgarligi, ekran o‘quvchi dastur, to‘siqlar tahlili.
