INKLYUZIV TA’LIM SHAROITIDA CHIZMACHILIK DARSLARINI TASHKIL ETISHNING DIDAKTIK VA METODIK TALABLARI
Mualliflar:
Annotatsiya Maqolada inklyuziv ta’lim muhitida chizmachilik va grafik fanlarni o‘qitishning didaktik hamda metodik talablari tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi - alohida ta’lim ehtiyojlariga ega o‘quvchilarning jismoniy, sensor va psixologik imkoniyatlarini hisobga olgan holda chizmachilik darslarini tashkil etish talablarini tizimlashtirish va ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda me’yoriy-huquqiy hujjatlar va ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish, qiyoslash, umumlashtirish va pedagogik modellashtirish usullaridan foydalanilgan. Natijada inklyuziv grafik ta’limning beshta asosiy didaktik talabi asoslandi, ko‘rish, eshitish, tayanch-harakat va diqqat bilan bog‘liq qiyinchiliklari bo‘lgan o‘quvchilar uchun darsni moslashtirish yo‘llari ko‘rsatildi hamda topshiriqlarni A, B, C darajalar bo‘yicha tabaqalashtirish modeli taklif etildi. Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt vositalari (avtomatik subtitr, matnni ovozga aylantirish, 3D modellashtirish) inklyuziv chizmachilik darslarining samaradorligini oshiruvchi omil sifatida baholandi. Taklif etilgan talablar va tabaqalashtirilgan topshiriqlar umumta’lim maktablari hamda pedagogika oliy ta’lim muassasalarida chizmachilik fanini o‘qitishda qo‘llanilishi mumkin. Kalit so'zlar: inklyuziv ta’lim, chizmachilik, grafik ta’lim, didaktik tamoyillar, differensial yondashuv, alohida ta’lim ehtiyojlari, vizual idrok, fazoviy tasavvur, adaptiv topshiriqlar, sun’iy intellekt
