INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA BOʻLAJAK TEXNOLOGIYA OʻQITUVCHILARINING PR KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Mualliflar:
Annotatsiya Maqolada boʻlajak texnologiya oʻqituvchilarining PR kompetensiyasini innovatsion yondashuv asosida rivojlantirish metodikasi bayon etilgan. Pedagogik modellashtirish natijasida maqsadli, mazmuniy-protsessual, texnologik va diagnostik-natijaviy bloklardan iborat, teskari aloqaga ega model ishlab chiqilgan. Metodika motivatsion-orientatsion, nazariy-axborot, amaliy-loyihaviy va refleksiv-baholovchi bosqichlarda amalga oshiriladi; har bir bosqichga keys-stadi, PR-loyiha, rolli simulyatsiya, raqamli hikoya (digital storytelling) va mediaportfolio kabi metodlar biriktirilgan. Shuningdek, mavjud fanlar va pedagogik amaliyotga integratsiya qilinadigan 30 soatlik “Texnologik taʼlimda PR asoslari” moduli tuzilmasi taklif etilgan. Kalit so'zlar: PR kompetensiyasi, innovatsion yondashuv, metodika, pedagogik model, loyihaviy taʼlim, keys-stadi, raqamli hikoya, texnologiya oʻqituvchisi
