BOSHLANG‘ICH BOSQICHDA TIBBIY INGLIZ TILI LUG‘AT BOYLIGINI O‘ZLASHTIRISHNI TAKOMILLASHTIRISHDA INTERVAL TAKRORLASH TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH




BOSHLANG‘ICH BOSQICHDA TIBBIY INGLIZ TILI LUG‘AT BOYLIGINI O‘ZLASHTIRISHNI TAKOMILLASHTIRISHDA INTERVAL TAKRORLASH TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH


Mualliflar:
Zaripbayeva Nasiba Azamat qizi


Annotatsiya Maqolada tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining 1-kurs talabalariga tibbiy ingliz tili leksikasini oʻrgatishda intervalli takrorlash texnologiyasidan foydalanish imkoniyatlari chop etilgan tadqiqotlar maʼlumotlari asosida tahlil qilinadi. Jami 16 ta manba (2 ta meta-tahlil, 11 ta empirik tadqiqot, 3 ta korpus tadqiqoti) umumlashtirildi. Oraliq bilan bajarilgan mashq bir vaqtda toʻplab bajarilgan mashqqa nisbatan oʻrtacha va yuqori darajadagi samara berishi aniqlandi (darhol oʻtkazilgan testlarda g = 0,58). 30 kunlik interval bilan oʻzlashtirilgan soʻzlar 8 yildan soʻng 15 % hollarda esga olingan, intervalsiz oʻrganilganlari esa 6 % hollarda. Muntazam sinovdan oʻtkazib borilgan soʻz juftliklari bir haftadan keyin taxminan 80 %, sinovdan chiqarilganlari esa 33–36 % darajada saqlangan. Natijalar asosida boshlangʻich bosqich uchun intervalli takrorlash modeli taklif etildi. Kalit so'zlar: intervalli takrorlash, tibbiy ingliz tili, leksik kompetensiya, Anki, faol eslash, uzoq muddatli xotira, boshlangʻich bosqich