SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA FALSAFIY TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING METODOLOGIK ASOSLARI
Mualliflar:
Annotatsiya Ushbu maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining falsafiy ta’lim samaradorligini oshirishdagi metodologik asoslari tahlil qilinadi. Talabalarda falsafiy tafakkurni shakllantirishda zamonaviy raqamli imkoniyatlardan foydalanishning afzalliklari, shuningdek, sun’iy intellekt vositalari yordamida o‘qitish jarayonining interaktivligi va natijadorligi ko‘rib chiqiladi. Maqolada falsafiy bilimlarni chuqurlashtirish, talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda ularni ilmiy izlanishga yo‘naltirishda sun’iy intellektning o‘rni ilmiy asoslangan holda yoritiladi. Shuningdek, falsafa fanini o‘qitishda innovatsion yondashuvlar va raqamli metodlardan foydalanishning amaliy ahamiyati ham ko‘rsatib beriladi. Kalit so'zlar: sun’iy intellekt, falsafa, ta’lim samaradorligi, metodologiya, raqamli texnologiyalar.
