SPORT-SOG‘LOMLASHTIRISH TURIZMI VOSITASIDA TALABALARNING JISMONIY FAOLLIGINI OSHIRISH SAMARADORLIGI




SPORT-SOG‘LOMLASHTIRISH TURIZMI VOSITASIDA TALABALARNING JISMONIY FAOLLIGINI OSHIRISH SAMARADORLIGI


Mualliflar:
Yuldashev Ixtiyor Mamatovich


Annotatsiya Mazkur maqolada sport-sog‘lomlashtirish turizmi vositalaridan foydalanish orqali oliy ta’lim muassasasi talabalarining jismoniy faolligini oshirish samaradorligi eksperimental asosda o‘rganilgan. Tadqiqotda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Jismoniy madaniyat hamda Sport faoliyati ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan 20-24 yoshdagi 40 nafar III bosqich talabasi ishtirok etgan. Ishtirokchilar tajriba va nazorat guruhlariga ajratilib, olti hafta davomida tajriba guruhida sport-sog‘lomlashtirish turizmi elementlarini o‘z ichiga olgan mashg‘ulotlar tashkil etilgan. Talabalarning jismoniy tayyorgarligi va faolligi 2000 metrga yugurish, IPAQ-SF so‘rovnomasi hamda bir daqiqalik puls tiklanishi ko‘rsatkichlari asosida baholangan. Tajriba yakunida tajriba guruhida 2000 metrga yugurish natijasi 8,20 foizga yaxshilangan, haftalik jismoniy faollik 19,10 foizga va bir daqiqalik puls tiklanishi 29,17 foizga oshgan. Olingan natijalar sport-sog‘lomlashtirish turizmi vositalarini talabalar jismoniy tarbiyasi jarayoniga integratsiyalash istiqbollarini ko‘rsatadi. Kalit so'zlar: Sport-sog‘lomlashtirish turizmi, jismoniy faollik, talabalar, turistik yurish, jismoniy tayyorgarlik, chidamlilik, IPAQ-SF, puls tiklanishi, pedagogik tajriba.