OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TALABALAR TURIZMINI RIVOJLANTIRISHNING TASHKILIY-PEDAGOGIK MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH




OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TALABALAR TURIZMINI RIVOJLANTIRISHNING TASHKILIY-PEDAGOGIK MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH


Mualliflar:
Yuldashev Ixtiyor Mamatovich


Annotatsiya Maqolada O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida talabalar turizmini rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik asoslari, turistik faoliyatning ta’lim-tarbiya jarayonidagi imkoniyatlari hamda uni tizimli tashkil etishga ta’sir qiluvchi omillar nazariy jihatdan tahlil qilingan. Mahalliy, MDH va xorijiy olimlarning ilmiy qarashlari umumlashtirilib, talabalar turizmini rivojlantirishning motivatsion, tashkiliy-boshqaruv, faoliyatga yo‘naltirilgan hamda monitoring-baholash komponentlarini birlashtiruvchi konseptual model taklif etilgan. Mazkur modelni oliy ta’lim muassasalarining hududiy va tashkiliy imkoniyatlariga moslashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit so'zlar: talabalar turizmi, oliy ta’lim, ichki turizm, tashkiliy-pedagogik mexanizm, ta’lim turizmi, turistik faoliyat, motivatsiya, pedagogik model.