BASKETBOLCHI QIZLARNING SAVATGA TO‘P TASHLASH BO‘YICHA TEXNIK TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISH METODIKASI




BASKETBOLCHI QIZLARNING SAVATGA TO‘P TASHLASH BO‘YICHA TEXNIK TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISH METODIKASI


Mualliflar:
Abdullayev Ismoil


Annotatsiya Mazkur tadqiqotning maqsadi basketbolchi talaba-qizlarning savatga to‘p tashlash bo‘yicha texnik tayyorgarligini maxsus mashqlar modeli asosida takomillashtirishdan iborat. Tadqiqotda har biri 20 nafardan iborat tajriba va nazorat guruhlarining boshlang‘ich hamda yakuniy ko‘rsatkichlari qiyosiy tahlil qilindi. Texnik tayyorgarlik shchitdan qaytgan to‘pni savatga tashlash, yo‘nalishni o‘zgartirib to‘pni olib yurish va uchta zona bo‘yicha savatga tashlash testlari orqali baholandi. Muvaffaqiyatli urinishlar soni, mashqni bajarishga sarflangan vaqt, o‘rtacha qiymat, standart og‘ish, variatsiya koeffitsienti, mutlaq va foiz farqlari hamda t mezoni ko‘rsatkichlari o‘rganildi. Tajriba yakunida shchitdan qaytgan to‘pni savatga tashlashda muvaffaqiyatli urinishlar tajriba guruhida 5,20±1,01, nazorat guruhida 4,50±1,19 martani tashkil etdi. Mazkur mashqni bajarish vaqti mos ravishda 23,24±1,17 va 25,60±1,38 soniya bo‘lib, guruhlar o‘rtasidagi farq 2,36 soniyaga teng bo‘ldi (t=5,81; P<0,001). Yo‘nalishni o‘zgartirish bilan bajarilgan mashqning uchinchi zonasida muvaffaqiyatli urinishlar soni 3,50±0,95 va 2,15±0,88 martani tashkil etdi. Olingan natijalar maxsus mashqlar modelining to‘p tashlash aniqligi va bajarilish tezligini yaxshilashdagi amaliy ahamiyatini ko‘rsatadi. Metodika sport maktablari, oliy ta’lim muassasalari va basketbol jamoalarining o‘quv-mashg‘ulot jarayonida qo‘llash uchun tavsiya etiladi. Kalit so'zlar: basketbolchi qizlar, texnik tayyorgarlik, savatga to‘p tashlash, maxsus mashqlar, shchitdan qaytgan to‘p, to‘pni olib yurish, harakat aniqligi, bajarilish tezligi, tajriba guruhi, nazorat guruhi.