MAXSUS MAQSADLARDA INGLIZ TILINI O‘QITISHDA O‘QISH KO‘NIKMALARINING SHAKLLANISH BOSQICHLARI
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada maxsus maqsadlarda ingliz tilini o‘qitish jarayonida o‘qish ko‘nikmalarining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari tarixiy, lingvodidaktik hamda metodik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Ingliz tilini maxsus maqsadlarda o‘qitishning yuzaga kelishi, uning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatgan ijtimoiy, iqtisodiy va ilmiy omillar, shuningdek, turli davrlarda o‘qish faoliyatiga nisbatan shakllangan yondashuvlar o‘rganiladi. Xususan, grammatik-tarjima metodiga asoslangan an’anaviy o‘qitishdan kommunikativ, kognitiv, strategik va kompetensiyaviy yondashuvlargacha bo‘lgan rivojlanish jarayoni yoritiladi. Shuningdek, sohaga oid matnlarni o‘qib tushunishda lingvistik bilimlar, kasbiy terminologiya, oldingi bilimlar, matn tuzilishi va o‘qish strategiyalarining o‘zaro aloqadorligi ochib beriladi. Maqolada maxsus maqsadlarda ingliz tilini o‘qitishda o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirishning bosqichli modeli taklif etilib, uning kimyo yo‘nalishi talabalari misolida qo‘llanish imkoniyatlari tavsiflanadi. Kalit so'zlar: maxsus maqsadlarda ingliz tili, ESP, o‘qish ko‘nikmasi, o‘qish kompetensiyasi, kasbiy matn, lingvodidaktika, o‘qish strategiyalari, kommunikativ yondashuv, kognitiv yondashuv, kimyo terminologiyasi.
