TALABALARDA TANQIDIY FIKRLASH ASOSIDA AKADEMIK HALOLLIKKA OID KOMPETENSIYALARNI TAKOMILLASHTIRISH METODIKASI (FALSAFA FANINI OʻQITISH MISOLIDA)
Mualliflar:
Annotatsiya Maqolada talabalarda akademik halollikka oid kompetensiyalarni tanqidiy fikrlash asosida takomillashtirish metodikasi ishlab chiqiladi. Muallif akademik halollikni intizomiy talab emas, bilishga oid kompetentlik sifatida talqin qilib, uning toʻrt komponentli tuzilmasini – manba bilan ishlash, mualliflik pozitsiyasini shakllantirish, dalil keltirish va oʻz ishini oʻzi baholash komponentlarini asoslaydi. Aniqlash va jazolashga asoslangan anʼanaviy yondashuvning cheklovlari koʻrsatilib, uning oʻrniga taʼlim jarayonining oʻzini qayta qurishga qaratilgan uch bosqichli metodik tizim taklif etiladi. Falsafa fanini oʻqitish misolida beshta topshiriq turi va ularga mos baholash mezonlari ishlab chiqiladi. Tadqiqotda akademik halollikni taʼminlashning nazorat va taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha xorijiy olimlar oʻrtasidagi ilmiy bahs tahlil qilinadi. Kalit so'zlar: akademik halollik, tanqidiy fikrlash, kompetensiya, falsafa fani, mualliflik pozitsiyasi, dalil keltirish, baholash mezonlari, metodik tizim
