YUQORI SINF O‘QUVCHILARINING LEKSIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA ZAMONAVIY METODIK YONDASHUVLAR INTEGRATSIYASI




YUQORI SINF O‘QUVCHILARINING LEKSIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA ZAMONAVIY METODIK YONDASHUVLAR INTEGRATSIYASI


Mualliflar:
Umuxanov Nodirjon Bobirovich


Annotatsiya Maqolada yuqori sinf o‘quvchilarining ingliz tilidagi leksik kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qiluvchi lingvodidaktik yondashuvlar qiyosiy tahlil qilinadi. Maqsadli va tasodifiy o‘zlashtirish, leksik-formulaik, korpusga tayangan, texnologik hamda kommunikativ-faoliyatli yondashuvlarning didaktik imkoniyatlari o‘zlashtirish mexanizmi, o‘qitish birligi va nutqqa ko‘chirish samaradorligi nuqtai nazaridan baholanadi. Tadqiqot nazariy-tahliliy xarakterga ega bo‘lib, ilmiy adabiyotlarni qiyosiy o‘rganish, konseptual umumlashtirish va metodik modellashtirish usullariga asoslanadi. Tahlil natijasida alohida yondashuvlarning cheklovlarini o‘zaro to‘ldirish, leksik materialni mazmunli vazifalar orqali produktiv nutqqa olib chiqish va takrorni o‘quv sikllari bo‘ylab tashkil etish zarurligi asoslanadi. Yuqori sinf o‘quvchilarining yosh-psixologik xususiyatlari, retseptiv va produktiv lug‘at o‘rtasidagi tafovut, kollokatsion xatolar hamda tayyorgarlik darajasining turlicha ekanligi hisobga olinib, kommunikativ vazifa sikliga tayangan integrativ metodik model taklif etiladi. Modelning nazariy imkoniyatlari va uni amaliy tekshirish uchun zarur diagnostik ko‘rsatkichlar ajratiladi. Kalit so'zlar: leksik kompetensiya, yuqori sinf, lingvodidaktik yondashuv, maqsadli o‘qitish, tasodifiy o‘zlashtirish, kollokatsiya, kommunikativ vazifa, differensial yondashuv.