KORREKSION YONDASHUV ASOSIDA TALABALARNI INKLYUZIV TA’LIM FAOLIYATIGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI




KORREKSION YONDASHUV ASOSIDA TALABALARNI INKLYUZIV TA’LIM FAOLIYATIGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI


Mualliflar:
Berdinazarova Muxlisa Beknazar qizi


Annotatsiya Mazkur maqolada korreksion yondashuv asosida talabalarni inklyuziv ta’lim faoliyatiga tayyorlashning pedagogik shart-sharoitlari yoritiladi. Inklyuziv ta’limning mazmuni, bo‘lajak pedagoglarda zarur kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish, individual ta’lim ehtiyojlarini hisobga olish, moslashtirilgan metodlardan foydalanish hamda oliy ta’lim muassasalarida amaliy tayyorgarlikni tashkil etish masalalari tahlil qilinadi. Shuningdek, talabalarning kasbiy tayyorgarligini kuchaytirishga xizmat qiluvchi tashkiliy-pedagogik, metodik, psixologik va amaliy shart-sharoitlar tavsiflanadi. Kalit so'zlar: inklyuziv ta’lim, korreksion yondashuv, bo‘lajak pedagog, kasbiy kompetensiya, individual ta’lim ehtiyoji, pedagogik shart-sharoit, differensial ta’lim, maxsus pedagogika