MUHANDISLIK KOMPYUTER GRAFIKASI FANIDAN MURAKKAB FAZOVIY SHAKLLARNI IMMERSIV METODLAR ORQALI O‘QITISH METODIKASI
Mualliflar:
Annotatsiya Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida “Muhandislik kompyuter grafikasi” fanini o‘qitishda murakkab fazoviy shakllar hamda qirimlarni o‘zlashtirishni ta’minlaydigan immersiv metodikaning mazmuni, didaktik tamoyillari va amaliy modeli yoritiladi. Tadqiqotning maqsadi-talabalarning fazoviy tasavvuri, uch o‘lchamli modelni xayolan aylantirish, fazoviy munosabatlarni tahlil qilish va ikki o‘lchamli grafik tasvirni uch o‘lchamli modelga aylantirish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodik tizimni ishlab chiqish. Tadqiqotda nazariy tahlil, qiyosiy tahlil, ilmiy adabiyotlarni tizimli tavsiflash, pedagogik modellashtirish, mazmuniy tahlil va diagnostik mezonlarni loyihalash metodlaridan foydalanildi. Natijada immersiv o‘qitishning diagnostika, tayyorgarlik, immersiv kuzatish, interaktiv o‘zgartirish, grafik rekonstruksiya va refleksiya bosqichlaridan iborat modeli taklif etildi. Murakkab jismlarni real vaqt rejimida aylantirish, kesish tekisligini siljitish, yashirin elementlarni ko‘rish, qirqimning haqiqiy shaklini aniqlash va 3D modeldan chizmaga o‘tish imkoniyatlarini yagona didaktik siklga birlashtirish metodikaning asosiy natijasi sifatida asoslandi. Xulosa qilinishicha, immersiv vositalar mustaqil texnologik effekt sifatida emas, balki aniq o‘quv maqsadlari va mezonli baholash bilan uyg‘unlashtirilgandagina fazoviy tafakkurni rivojlantirishda samarali metodik vositaga aylanishi mumkin. Kalit so'zlar: muhandislik grafikasi, kompyuter grafikasi, fazoviy tasavvur, immersiv ta’lim, virtual reallik, kengaytirilgan reallik, murakkab shakllar, qirqimlar, 3D modellashtirish, fazoviy tafakkur, grafik rekonstruksiya, mezonli baholash
