OʻQUVCHILARNING KOMPYUTER TARMOQLARIGA OID TAYANCH KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANGANLIGINI BAHOLASH MEZONLARI




OʻQUVCHILARNING KOMPYUTER TARMOQLARIGA OID TAYANCH KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANGANLIGINI BAHOLASH MEZONLARI


Mualliflar:
Avezov Abdumalik Abduxoliqovich


Annotatsiya Ushbu maqolada umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarining kompyuter tarmoqlarini loyihalashga oid tayanch kompetensiyasi shakllanganligi va rivojlanganligini baholash mezonlari ishlab chiqilgan hamda pedagogik tajriba-sinovda tekshirilgan. Kompetensiyaviy yondashuv taʼlim natijalarini bilim, koʻnikma va shaxsiy-qadriyat komponentlari birligida baholashni talab qiladi, anʼanaviy test-nazorat usullari esa bu koʻp qirrali tabiatni toʻliq aks ettira olmaydi. Tadqiqotda ilmiy adabiyotlar tahlili, kompetensiyani modellashtirish va kvazi-eksperimental dizayn qoʻllanilgan. Natijada bilim (kognitiv), koʻnikma (operatsion) va munosabat (shaxsiy-qadriyat) komponentlarini qamragan, har biri uch darajali (past, oʻrta, yuqori) tavsifga ega toʻqqiz katakli baholash matritsasi ishlab chiqildi. Buxoro, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarining 749 nafar 8-sinf oʻquvchisi (tajriba guruhida 374, nazorat guruhida 375 nafar) ishtirokidagi tajriba-sinovda kirish nazoratida guruhlar oʻrtasida ahamiyatli farq aniqlanmadi (oʻrtacha ball 3,417 va 3,376), yakuniy nazoratda esa tajriba guruhining oʻrtacha bali (3,618) nazorat guruhinikidan (3,424) statistik jihatdan ishonchli darajada yuqori boʻldi (p < 0,001). Kalit so'zlar: tayanch kompetensiya, baholash mezonlari, kompetensiyaviy yondashuv, baholash matritsasi (rubrika), tarmoqlarni loyihalash, informatika taʼlimi, Bloom taksonomiyasi, pedagogik tajriba-sinov