KLINIK KEYSLAR ORQALI TALABALARNING DIAGNOSTIC KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH MODELI: TUZILMASI, PEDAGOGIC MEXANIZMLARI VA SAMARADORLIGI
Mualliflar:
Annotatsiya Ushbu maqolada tibbiy ta’lim jarayonida klinik keyslar asosida talabalarning diagnostik kompetentligini rivojlantirish modelining mazmuni, tuzilmasi va pedagogik mexanizmlari yoritiladi. Tadqiqotning dolzarbligi bo‘lajak shifokorlarda klinik vaziyatlarni tahlil qilish, simptomlar o‘rtasidagi sababiy bog‘liqliklarni aniqlash, differensial tashxisni shakllantirish hamda dalillarga asoslangan klinik qarorlar qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish zarurati bilan belgilanadi. Taklif etilayotgan model reflektiv diagnostik ta’lim (RDL), fanlararo klinik keyslar integratsiyasi (ICI) va DEAR reflektiv algoritmini (Describe, Explain, Analyse, Reflect) o‘zaro uyg‘unlashtirishga asoslanadi. Modelning mazmuni diagnostik tafakkur, vizual-diagnostik idrok, kommunikativ hamkorlik va reflektiv-metakognitiv faoliyat kabi tarkibiy komponentlar orqali ochib beriladi. Tadqiqotda klinik keyslar, simulyatsion mashg‘ulotlar va obyektiv strukturaviy klinik imtihon (OSCE) elementlaridan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Model samaradorligini baholash diagnostik kompetentlik mezonlari, darajalari va pedagogik tajriba-sinov natijalarini qiyosiy tahlil qilish asosida amalga oshirilishi ko‘zda tutiladi. Maqola tibbiy ta’limda nazariy bilimlarni amaliy diagnostik faoliyat bilan integratsiyalashga qaratilgan metodik yondashuvlarni takomillashtirishga xizmat qiladi. Kalit so'zlar: tibbiy ta’lim, klinik keys, diagnostik kompetentlik, klinik fikrlash, reflektiv ta’lim, fanlararo integratsiya, simulyatsion ta’lim, OSCE.
