RAHBAR-KADRLAR MALAKASINI OSHIRISH JARAYONIDA SOFT-KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISHNING ANDRAGOGIK VA KORPORATIV DETERMINANTLARI




RAHBAR-KADRLAR MALAKASINI OSHIRISH JARAYONIDA SOFT-KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISHNING ANDRAGOGIK VA KORPORATIV DETERMINANTLARI


Mualliflar:
Axrorova Umida Xamidullayevna


Annotatsiya Maqolada rahbar-kadrlar malakasini oshirish jarayonida soft-kompetensiyalarni rivojlantirish samaradorligini belgilovchi andragogik va korporativ determinantlar nazariy jihatdan tahlil qilinadi. “Determinant” tushunchasining pedagogik talqini aniqlashtirilib, determinantlar rahbarning o‘qishga tayyorligini ifodalovchi andragogik hamda tashkilot muhitini ifodalovchi korporativ guruhlarga ajratildi. Andragogik determinantlar sifatida o‘qish ehtiyojini anglash, kasbiy tajriba, o‘z kuchiga ishonch, ichki motivatsiya va refleksiv tayyorlik, korporativ determinantlar sifatida esa strategik muvofiqlik, o‘qitish iqlimi va korporativ madaniyat, bevosita rahbar ko‘magi, o‘rganilganni qo‘llash imkoniyati hamda rag‘batlantirish tizimi asoslandi. Ikki guruh determinantlarining o‘zaro ta’siri to‘rt holatli matritsa ko‘rinishida ifodalanib, soft-kompetensiyalarning barqaror rivojlanishi faqat ular uyg‘un bo‘lgandagina ta’minlanishi ko‘rsatildi. Kalit so'zlar: malaka oshirish, rahbar-kadrlar, soft-kompetensiyalar, determinantlar, andragogika, o‘qishga tayyorlik, o‘z kuchiga ishonch, o‘qitish iqlimi, korporativ madaniyat, transfer.