KASBIY MAZMUNDAGI INGLIZ TILI MATNLARINI O‘ZLASHTIRISHDA DIQQATNI STRATEGIK BOSHQARISH MODELI
Mualliflar:
Annotatsiya Ushbu maqolada nofilologik yo‘nalish talabalarining ingliz tilini o‘rganish jarayonida diqqatni strategik boshqarishni takomillashtirishning lingvodidaktik asoslari yoritilgan. Tadqiqotda diqqat ingliz tilini o‘zlashtirishning faqat psixologik-kognitiv sharti sifatida emas, balki talaba tomonidan maqsadli ravishda boshqarilishi mumkin bo‘lgan lingvodidaktik resurs sifatida talqin qilinadi. “Diqqatni strategik boshqarish” tushunchasining mazmuni aniqlashtirilib, uning maqsadli, selektiv-kognitiv, regulyativ, metakognitiv va refleksiv komponentlari asoslangan. Shuningdek, diqqatni strategik boshqarishning “maqsadni belgilash – fokuslash – saqlash – qayta yo‘naltirish – monitoring – refleksiya” izchilligiga asoslangan mexanizmi taklif etilgan. Nofilologik talabalar uchun mazkur strategiyalarning reading, listening, vocabulary, speaking va writing faoliyatlariga integratsiyalashuvi yoritilgan. Tadqiqot natijasida diqqatni strategik boshqarishni rivojlantirishning lingvodidaktik konseptual modeli va metodik tizimi taklif qilinib, uning talabaning ingliz tilini o‘rganishdagi mustaqilligi, o‘z-o‘zini monitoring qilishi va o‘quv faoliyatini ongli tashkil etishiga xizmat qilishi asoslangan. Kalit so'zlar: diqqat, diqqatni strategik boshqarish, lingvodidaktika, nofilologik talabalar, metakognitiv strategiyalar, kognitiv strategiyalar, refleksiya, strategik kompetensiya.
