BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA DARSGA IJOBIY MUNOSABATLARNI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA XORIJIY TAJRIBALAR
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida darsga ijobiy munosabatlarni shakllantirish va rivojlantirishning xorijiy pedagogik tajribalari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Finlandiya, Yaponiya, Singapur va boshqa mamlakatlar ta’lim amaliyotida qo‘llaniladigan o‘quvchi faolligini oshirish, mustaqil fikrlashni rivojlantirish, hamkorlikda o‘qitish, o‘yin texnologiyalaridan foydalanish hamda o‘quvchilarning individual ehtiyojlarini hisobga olishga qaratilgan yondashuvlarning pedagogik imkoniyatlari yoritiladi. Shuningdek, xorijiy tajribalarni O‘zbekiston boshlang‘ich ta’lim tizimiga moslashtirishning ustuvor yo‘nalishlari va pedagogik shart-sharoitlari asoslab beriladi. Kalit so'zlar: boshlang‘ich ta’lim, ijobiy munosabat, o‘quv motivatsiyasi, xorijiy tajriba, pedagogik texnologiya, o‘quvchi faolligi, hamkorlikda o‘qitish, mustaqil fikrlash, individual yondashuv, ta’lim sifati.
