MALAKA OSHIRISH JARAYONIDA RAHBAR-KADRLARNING SOFT-KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIYA VA AMALIYOTDAGI HOLATI




MALAKA OSHIRISH JARAYONIDA RAHBAR-KADRLARNING SOFT-KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIYA VA AMALIYOTDAGI HOLATI


Mualliflar:
Axrorova Umida Xamidullayevna


Annotatsiya Mazkur maqolada malaka oshirish jarayonida rahbar-kadrlarning soft-kompetensiyalarini rivojlantirish muammosining nazariyada o‘rganilganlik darajasi va amaliyotdagi holati tahlil qilinadi. Kompetensiyaviy, emotsional intellekt, andragogik, tajribaviy o‘qitish va transfer nazariyalari umumlashtirilib, soft-kompetensiyalarni rivojlantirishga nisbatan nazariyada shakllangan asosiy talablar aniqlandi. Xalqaro meta-tahlillar va tadqiqotlar asosida liderlik treninglarining samaradorligini belgilovchi omillar ko‘rsatib berildi. Nazariy talablar va malaka oshirish amaliyotida keng tarqalgan holat qiyoslanib, ular o‘rtasidagi oltita asosiy tafovut — kontekstdan uzilish, mazmuniy ajralish, bir martalik o‘qitish, refleksiyaning real ishdan ajralishi, tashkiliy muhitning e’tiborsiz qolishi va baholashning reaksiya darajasi bilan cheklanishi aniqlandi. Tafovutlarni bartaraf etishning ilmiy-pedagogik yo‘nalishlari taklif etildi. Kalit so'zlar: malaka oshirish, rahbar-kadrlar, soft-kompetensiyalar, liderlik treningi, nazariya va amaliyot, transfer, andragogika, tajribaviy o‘qitish, samaradorlikni baholash.