11–14 YOSHLI BOKSCHI QIZLARDA UMUMIY VA MAXSUS TEZKOR-KUCH VOSITALARINI UYG‘UNLASHTIRISH HAMDA MASHG‘ULOT YUKLAMALARINI ME’YORLASH XUSUSIYATLARI




11–14 YOSHLI BOKSCHI QIZLARDA UMUMIY VA MAXSUS TEZKOR-KUCH VOSITALARINI UYG‘UNLASHTIRISH HAMDA MASHG‘ULOT YUKLAMALARINI ME’YORLASH XUSUSIYATLARI


Mualliflar:
Xasanov Shoxjaxon G‘olibjon o‘g‘li


Annotatsiya Mazkur maqolada o‘quv-mashq guruhlarida shug‘ullanuvchi 11–14 yoshli bokschi qizlarda umumiy va maxsus yo‘nalishdagi tezkor-kuch vositalarini o‘zaro uyg‘unlashtirish (sopryajyon usulda qo‘llash) hamda haftalik mikrosikllar doirasida mashg‘ulot yuklamalarini oqilona me’yorlash masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqot davomida ballistik, pliometrik, izometrik-portlovchi va boksga xos zarba mashqlarining biomexanik o‘xshashlik darajasi hamda bioenergetik tiklanish qonuniyatlari tahlil qilindi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, umumiy portlovchi mashqlarni (tibbiy to‘p uloqtirish, gorizontal va lateral sakrashlar) bevosita maxsus zarba kombinatsiyalari bilan bitta mashg‘ulot blokida ketma-ket birlashtirish nerv-mushak tizimining faollashuvdan keyingi quvvatlanish (PAPE) mexanizmini ishga tushiradi va hosil qilingan kuchni yakka hamda seriyali zarbalarga ijobiy ko‘chirish (transfer) koeffitsiyentini oshiradi. Maqolada 11–14 yoshli bokschi qizlar uchun tezkor-kuch bloklarining davomiyligi, shiddat zonalari, takrorlar soni va dam olish intervallarini me’yorlash bo‘yicha aniq metodik parametrlar ishlab chiqildi. Kalit so'zlar: bokschi qizlar, 11–14 yosh, umumiy va maxsus vositalar, uyg‘unlashtirilgan tayyorgarlik, yuklamani me’yorlash, ballistik va pliometrik mashqlar, ijobiy ko‘chish, dam olish intervali, mikrosikl.