MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING IJODIY QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISHDA MUSIQIY FAOLIYAT TURLARIDAN FOYDALANISH
Mualliflar:
Annotatsiya Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishda musiqiy faoliyat turlarining o‘rni hamda pedagogik-psixologik mexanizmlari ilmiy-amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Musiqa tinglash, qo‘shiq kuylash, musiqiy-ritmik harakatlar, bolalar musiqa cholg‘ularida chalish hamda musiqiy-dramatik ijodkorlik kabi asosiy yo‘nalishlarning bolaning kognitiv, hissiy, motorik va estetik rivojlanishiga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, mashg‘ulotlarni zamonaviy interaktiv texnologiyalar, integratsiyalashgan yondashuv hamda improvizatsiya metodlari asosida tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiyalar va amaliy modellar ishlab chiqilgan. Kalit so'zlar: maktabgacha ta’lim, ijodiy qobiliyat, musiqiy faoliyat, musiqiy idrok, qo‘shiq kuylash, musiqiy-ritmik harakatlar, bolalar cholg‘ulari, improvizatsiya, estetik tarbiya, pedagogik integratsiya.
